Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumanidagi 44-umumiy o’rta ta’lim maktabi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi bilan tengdosh bo’lib, 1991-yilda Qo’shko’pir tuman MPMK - 302 tomonidan qurib ishga tushirildi. Maktab 844 o’ringa mo’ljallangan bo’lib , 3 ta blokdan iborat. 1-blok 2 ta qavatdan iborat . Unda 180 o’rinli oshxona , 286.3 kv metrga ega bo’lgan 2 ta sport zali turli tadbirlarni o’tkazish uchun 300 o’ringa mo’ljallangan majlislar zali , zamon talablariga javob beradigan kutubxona , o’qituvchilar xonasi , direktor xonasi , usta xona va bir qancha sinov xonalaridan iborat . 1-blokda jami 75 deraza va 5 ta eshik bor. 2-blok 3 qavatdan iborat bo’lib , bu blokda maktabning boshlang’ich sinflari ta’lim-tarbiya olmoqda. Blokda 3ta eshik, 56 ta deraza mavjud . Maktabning 3-bloki ham 3 qavatdan iborat bo’lib , bu blokda yuqori sinf o’quvchilari ta’lim-tarbiya olmoqdalar. Bu blokda 2 ta kompyuter xonasi mavjud bo’lib, xonalarning derza va eshiklariga panjara o’rnatilgan.
2017 yilda maktab yangi kopital remont qilindi
Maktabda 2022-2023 o’quv yilida 930 o’quvchi bo’lib , bu o’quvchilarga 87 nafar murabbiylar ta’lim-tarbiya bermoqdalar. O’qish 1 navbatda olib boriladi. 